Shavi Yevropaning 100 ta eng yaxshi qahvaxonasi roʻyxatida 33-oʻrin oldi

Yevropaning 100 ta eng yaxshi qahvaxonasi roʻyxatining birinchi nashrida Shavi 33-oʻrinni egalladi.
Roʻyxat qanday tuzilgan
Baholashda 5300 dan ortiq qahvaxona koʻrib chiqildi va 250 dan ortiq hakam ishtirok etdi.
Hakamlar quyidagilarni baholadi:
- qahva sifati
- barista mahorati
- muhit
- yangilikka ochiqlik
- mahalliy hamjamiyatdagi ishtirok
Yakuniy ballning 70 foizi mutaxassislar bahosi, 30 foizi esa ochiq ovoz berish natijasidan tashkil topdi. Yaʼni bu faqat professional qaror ham, faqat ovoz yigʻish ham emas.
Roʻyxatdagi beshta mezonning faqat bittasi qahva haqida ekaniga eʼtibor bering. Qolganlari — odamlar, muhit va u yerda oʻzingizni qanday his qilishingiz haqida. Biz uchun bu toʻgʻri tartib.
Brusselda nima boʻldi
Jamoamizdan uch kishi World of Coffee koʻrgazmasiga bordi: kantri-menejerimiz Levan, rosteriyamiz ambassadori Nika va Gruziyadagi bosh qovuruvchimiz Ruslan.
Ruslan u yerda Stronghold qovurish tanlovida gʻolib chiqdi. U tanlovga gʻalaba uchun emas, yangi texnologiyani sinab koʻrish uchun kirgan edi: Stronghold mashinasi galogen lampalar orqali issiqlik nurlanishi bilan ishlaydi va odatdagi barabanli qovurgichdan sezilarli farq qiladi. Sovrin sifatida qovurishni tahlil qilish uchun kolorimetr olib qaytdi.
Va bitta yoqimli tasodif
Koʻrgazmada biz Rocket Coffee Milano stendida pop-up nuqta ochdik. Uzoq navbat esa bizning Churchkhela Blend qahvamizga boʻldi.
Bu bejiz emas: Rocket bilan biz shunchaki brend sifatida emas, kundalik ish darajasida tanishmiz — Oʻzbekistonda ularning rasmiy distribyutorimiz va servis markazimiz.
Toshkentda
Roʻyxat Yevropa haqida, lekin oʻsha qahva va oʻsha standartlar Buyuk Turon va Shota Rustavelidagi peshtaxtalarimizda ham amal qiladi. Kelib koʻring — bahoni oʻzingiz qoʻyasiz.
Shu mavzuda
Qahvaxonalar